Читать онлайн книгу "Bolalarga Tushunarli Islom"

Bolalarga Tushunarli Islom
Sardor Nabievich




Bolalarga Tushunarli Islom



Sardor Nabievich



© Sardor Nabievich, 2021



ISBNВ 978-5-0055-2983-1

Created with Ridero smart publishing system




Mehribon va Rahmdil Alloh nomi bilan!


Aziz bolajonlar!

Albatta, siz Alloh haqida kattalardan eshitgansiz va siz musulmon ekanligingizni bilasiz. Yer yuzidagi birinchi odamning ismini bilasizmi? Farishtalar kimliginichi? Ibodat qilishni ham bilasizmi?

Ushbu rang-barang kitobda siz ko’plab savollarga javob topasiz, Xudoning payg’ambarlari haqidagi qiziqarli hikoyalarni o’qiysiz, shuningdek, siz kabi dinimiz – Islom haqida iloji boricha ko’proq ma`lumot olishga intilgan kichkintoylar Oysha va uning akasi Abdulloh bilan tanishasiz.

Bundan tashqari, ushbu kitobda Qur’ondan bir nechta kichik suralar keltirilgan bo’lib, siz ularni mustaqil, yoki ota-onangiz bilan o’rganishingiz mumkin. Qur’on Allohning kalomidir, shuning uchun kitob bilan ehtiyotkorona munosabatda bo`ling, yirtmang va sahifalarini iflos qilmang, kitobni nopok joylarga qo’ymang.

Rasmlarni ko’rib chiqayotganda payg’ambarlar yoki farishtalarning suratlarini izlamang, chunki ularni tasvirlash Alloh tomonidan taqiqlangan. Umid qilamizki, bu kitob siz uchun yaxshi do’st va o’qituvchi bo’ladi hamda chin musulmon bo’lishingizga yordam beradi. Alloh sizni o`z panohida saqlasin!




Qadrli Ota onalar!


Qo’lingizdagi ushbu kitob musulmon farzandlarni, rasullar sayyidining hidoyati asosida tarbiya qilishga mo’ljallangan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir bola tabiatan musulmon bo’lib tug’iladi va faqat ota-onasi uni yahudiy, nasroniy yoki olovga siginuvchi qiladi»(Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Yodingizda bo’lsin, Alloh farzandlaringiz tarbiyasini sizga ishonib topshirdi. Bu sizning U bilan kelishuvingizdir (amanat). Shuning uchun, bolalarga ularning dinlari haqida ma’lumot berish imkoniyatini boy bermang. Ushbu kitob, albatta, sizga yordam beradi. Uni bolalarga ovoz chiqarib o’qing, rasmlarni birgalikda ko’rib chiqing, o’qiganingizdan keyin savollar bering. Bolalar bu kitobning qahramonlari bilan birga ibodat va Qur’onni o’rgansin, lekin unutmangki, siz ular uchun eng yaxshi namunasiz. Islomning barcha ahkomlari va amrlariga rioya qilishingiz ularni musulmon qilib tarbiyalaydi.

Muhim eslatmalar:

1. Bolalar kitobining matnini soddalashtirish uchun arabcha so’zlar va Qur’on oyatlarining transkripsiyasi rus alifbosining harflari yordamida berildi, bu esa har doim ham arab harflarining to’g’ri talaffuziga mos kelmaydi. Masalan, arabchadagi lab-lab tovushi [в] rus tilidagi lab-tish undoshi [в] singari emas, ingliz tilidagi [w] kabi talaffuz etiladi. Shuning uchun, barcha arabcha atamalar va transkripsiyalarda (masalan, vudu, tavof) u [w]: [wudu], [tawof] deb o’qilishi kerak.

Istisno tariqasida transkripsiyada h harfi qo`llanilgan bo’lib, u arab tilidagi harfining tovushini ifoda etadi (ukrain tilidagi [г] yoki ingliz tilidagi [h] tovushiga o`xshash). «Alloh» so’zi [Alloh] deb talaffuz qilinishi kerak

2. Payg’ambarimiz Muhammad (S.A.V) keltirilgan har bir o`rindan keyin biz an’anaviy ravishda salovot aytamiz, mazkur kitobda u arabcha ligatura bilan ifodalandan:

Uning o`qilishi quyidagicha: sallalohuВ alayhi vasallam (В«Alloh taolo ul zotga oК»zining salavot va salomini nozil etsin).

Boshqa payg’ambarlarni tilga olingandan so’ng belgisi bor. Uni arab tilida quyidagicha o’qiymiz: Alayhis salom (unga salom boʻlsin).

3. Ushbu kitobda suralarning ta’rifi hanafiy mazhabiga muvofiq berilgan.

Alloh bizning ishimizni qabul aylasin va ushbu kitobni o’qigan har bir kishiga yaxshilik keltirsin! Farzandlarimizga go`zal tarbiya berishda uning O`zi qo`llasin, chunki Alloh eng yaxshi o’qituvchidir!

Omin









MUHAMMAD (s.a.v)


Mening kichkintoylarim! Bugun siz shukunga qadar yer yuzida yashagan odamlar ichida eng goК»zali bilan tanishasiz! Uning hayotida turfa moК»jizalar va hayajonli voqealar sodir boК»lgan. Bu ajoyib inson juda uzoq vaqt oldin, toК»rtyuz yil avval, Arabiston yarim orolining keng choК»llarida joylashgan Makka shahrida yashagan. Uning ismi Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v) dir. Bu zot yetti qavat osmonlarning barchasida boК»ldi, uВ yerda oК»zidan oldin yashagan paygК»ambarlar bilan suhbatlashdi. Muhammad (s.a.v) Yaratganning eng goК»zal yaratiqlarini koК»rdi va hatto uВ bilan muloqot qildi. OК»sha paytda yashagan odamlar bu insonni sevib, hurmat qildilar va uni Muhammad Al-Amin (Halol Muhammad) deb atadilar.

Xalq unga shunchalar ishonar ediki, hatto unga mol-mulkini omonatga qoldirishga qoК»rqmas, uni oК»z nizolarida hakam sifatida tanlar edilar. Atrofidagi odamlar Alloh unga kichik yoshidanoq gК»amxoК»rlik qilayotganini payqashgan edi. Muhammad (s.a.v) atrofdagilarni xursand qilar va barchaga baxt keltirarВ edi.

Bu buyuk inson-bizning dinimiz boК»lgan Islom dinining paygК»ambaridir, Mehribon Alloh tufayli biz musulmonmiz, Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v) esa dunyodagi barcha insonlar orasida eng asosiy va sevikli boК»lgan paygК»ambarimizdir. Barchasi uchun Allohga shukr aytaylik, bolajonlar! Endi esa keling, uning murakkab, ammo ajoyib hayoti haqidagi hikoyani tinglaymiz.

Muhammad (s.a.v) otasi Abdulloh bola dunyoga kelishidan avval vafot etgan. Kichkintoy Muhammadning onasi boК»lib, uning ismi Omina edi. Arablarda tugК»ilgan chaqaloqlarni choК»lda yashaydigan badaviylarga berib katta qilish an`anasi bor edi. UВ yerda bolalar sogК»lom va kuchli boК»lib ulgК»ayib, toza arab tilini oК»rganar edilar.

Muhammad (s.a.v) ni Halima As-Sa’diyya ismli ayol olib ketib, emizib katta qilgan edi. Chaqaloq bu ayolning qoʻlida xotirjam va baxtiyor boʻlib ulgʻayar edi. Oʻz navbatida emizgan ona ham bolani juda yaxshi koʻrar, chunki u bilan birga oilasi va butun Sa’d qabilasi uchun Allohning marhamati yogʻilgan edi. Bu qabila eng yomon, behosil yerlarda yashar, ularning qoʻylari yaylovlardan och qaytar edilar. Ammo Muhammad (s.a.v) Sa’d qabilasida yashay boshlagan vaqtdan bu odamlarning qoʻylari yaylovdan toʻyib kelar, koʻp sut bera boshlagan edi. Halima, uning farzandlari, eri va hatto qabilalari ochlik nimaligini unutishdi. Alloh ularga katta ne’matlar berar edi. Shuning uchun, Muhammad (s.a.v) ikki yoshga toʻlganida, Halima bolani qaytarib berishni istamadi. U onasidan bolani shahar kasalliklaridan uzoqroq joyda- toza havoda qoldirishini soʻradi. Omina bu taklifga rozi boʻldi va bola yana ikki yil davomida emizgan onasining uyida yashadi.

Bir kuni Muhammad (s.a.v) uyining yaqinida bolalar bilan oʻynab yurgan edi. Kattalarningning hech biri ularga yaqin emas edi. Toʻsatdan bolalarning yonida oq libosli erkaklar paydo boʻldi. Ular ikki farishta edi. Ular Muhammad (s.a.v) ni olib, koʻkragini yorib, undan yuragini chiqarib oldilar. Keyin farishtalar yurakdagi qora qon lahtasini chiqarib olib, «yuragingdagi bu parcha – shaytondandir» dedilar. Soʻng ular Zamzam bulogʻidan keltirilgan toza va musaffo suv solingan oltin togʻorani olib kelishdi. Farishtalar Muhammad (s.a.v) ning yuragini shu suvda yuvib uni avvalgi joyiga qaytarib qoʻyishdi.

Bolalar farishtalar Muhammad (s.a.v) ning koК»ksini yorganini koК»rgach, qoК»rqib qochib ketishdi. Bir necha daqiqadan soК»ng, kuchli qoК»rquv oК»tib kechgan, ular shoshilgancha Halimaning yoniga yugurib boradilar va Muhammad (s.a.v) ning oК»ldirilganligini aytadilar. Halima bolalar koК»rsatgan joyga qarab yugurdi. Lekin, ajablanarlisi uning emizgan oК»gК»li tirik edi. Faqat uning oqarib ketgan yuzi gК»ayrioddiy hodisa roК»y berganligidan dalolat berib turar edi. Shu paytdan boshlab Halima Muhammad (s.a.v) bilan yana nimalardir sodir boК»lishi mumkinligidan qoК»rqib qoldi. UВ bolani oК»z onasi Ominaga qaytarishga qaror qildi.

Lekin Muhammad (s.a.v) oК»z onasi bilan uzoq yashay olmadi. Olti yoshga kirganida, Omina vafot etdi. Uning oК»limidan soК»ng, yetim Muhammad (s.a.v) ni uning bobosi Abdul Muttalib tarbiyaladi. UВ nabirasini juda yaxshi koК»rar va unga gК»amxoК»rlik qilar edi. Lekin Muhammad (s.a.v) sakkiz yoshga toК»lganida bobosi ham vafot etdi. Bola oК»z amakisi, otasining ukasi Abu Tolib bilan yashay boshladi.








Abu Tolib yaxshi inson va mehribon amaki edi. UВ jiyani Muhammad (s.a.v) ni juda yaxshi koК»rar, unga gК»amxoК»rlik qilar va uni hayot qiyinchiliklari va yomon insonlardan himoya qilar edi. Bundan tashqari, Abu Tolib toВ vafotiga qadar -qirq yildan ziyod vaqt mobaynida yetim Muhammad (s.a.v) ga gК»amxoК»rlik qilib keldi. Ammo amakisi jiyani baxtli yashashi uchun astoydil harakat qilganiga qaramasdan, bola yoshligidan qiyinchilikda yashagan.

Abu Tolib kambagК»al boК»lib, uning koК»plab oК»z bolalari bor edi. Muhammad (s.a.v) amakisi uchun katta oilani boqish nihoyatda qiyin ekanini koК»rib oК»sdi. Bola juda mehribon va halim yurakka ega edi, shuning uchun biroz ulgК»aygach, amakisiga yordam berish uchun ishlashga qaror qildi. Muhammad (s.a.v) Makka atrofida qoК»y podalarini oК»tlata boshladi. Har yili bir oy davomida bola sahroda kun koК»rar edi. Uning atrofida faqat oК»simliklar, osmon, yulduzlar va oК»zi boqib yurgan qoК»ylar bor edi. Ana shunda boК»lajak paygК»ambar uzoq vaqt Xudo haqida, uning bunday goК»zal va xilma-xil dunyoni qanday yaratganligi haqida fikr yuritar edi. ChoК»lda sovuq boК»lib, bola kechasi sovuq qotar edi. Uning yonida kam yegulik boК»lar va uВ tez-tez och qolarВ edi.

Shuning uchun, boК»lajak paygК»ambar, yoshligidan kambagК»al odamlar ochlik va sovuqdan qanchalik azob chekayotganligini bilar edi. Biroq biz Muhammad (s.a.v) Abu Tolib bilan yashashni boshlaganidan beri Alloh ularga madad berishini, bu katta oila bir kishi uchun yetarli boК»lmagan oziq-ovqat bilan ham qorinlari toК»ya boshlaganligini aytishni unutdik.

Muhammad (s.a.v) oК»n ikki yoshga toК»lganida Abu Tolib oК»z qabiladoshlari- qurayshiylarning savdo karvoni bilan Suriyaga yoК»l oadi. Yosh Muhammad (s.a.v) amakisiga yordam berish va yangi joylarni koК»rishni juda istar edi. Muhammad (s.a.v) Abu Tolibni safarga oК»zi bilan birga olib ketishni soК»ray boК»shladi. Amakisi rozi boК»ldi.

Savdo karvoni Suriyaga kirib kelishi bilan qurayshiylar Busra qishlogК»i yaqinida dam olish uchun toК»xtadilar. OК»sha joylarda taniqli rohib Bahira yashar edi. UВ nihoyatda donishmand inson boК»lib, Iso (s.a.v) paygК»ambar oК»rgatgan ilmga amal qilarВ edi.

Bahira qurayshiylarning qoК»nogК»iga keladi. UВ savdogarlar bilan uchrashib, ularni oК»zinikida mehmon boК»lib ketishni taklif qildi.

Rohib Bahira qurayshiylarni juda muhim mehmonlar sifatida izzat-ikrom bilan kutib oldi. Keyin uВ savdo karvoni bilan qoК»shilib kelgan har bir kishini aylanib chiqdi. UВ kimnidir qidirayotganga oК»xshardi. ToК»satdan uВ soК»radi:

– Barchangiz keldingizmi?








– Bir boladan boshqa hamma shu yerda- deb javib berdi qurayshiylardan biri. – Biz uni narsalarga qarab turishi uchun qoldirdik.

– Uni ham olib keling, – deb aytdi Bahira.

Bir muncha vaqt oК»tgach, Muhammad (s.a.v) ni chaqirgani ketgan odam uВ bilan qaytib keldi. Rohib unga yaqinlashdi va uni diqqat bilan kuzatdi. Bola Abu Tolibga oК»xshashligini koК»rib, Bahira undan soК»radi:

– Bu bola kim?

– Bu mening oʻgʻlim, – deb javob berdi Abu Tolib.

– Bunday boʻlishi mumkin emas! – Bahira unga e`tiroz bildirdi. – U yetim boʻlishi kerak.

Keyin Abu Tolib shunday dedi:

– U akamning oʻgʻli.

– Bu hamma insonlar ichida eng sarvaridir. Alloh uni bizning dunyoga yubordi, chunki u odamlarga yordam berishga qaror qildi! U bu bolani oʻz paygʻambari qilib barcha jonzotlariga yuboradi. Bu bola Allohning barcha olamlar uchun yuborgan marhamatidir.

Abu Tolib juda hayron boК»lib, undan soК»radi:

– Buni qanday bildingiz?

Va rohib Bahira unga javob berdi:

– Ushbu togʻ darasiga kirganingizda, men sizga hamroh boʻlib suzayotgan va oʻz soyasi bilan sizlarni quyoshning jazirama nurlaridan himoya qilib kelayotgan bulutni koʻrdim. Qolaversa, men uning ikki kuragi orasidagi bashorat muhrini topdim (kaptar tuxumicha tugʻma belgi). Bu haqda eng qadimgi Ilohiy yozuvlarda ma’lumotlar bor.

Bahira Abu Tolibga Muhammad (s.a.v) ni uyga qaytarishni maslahat berdi. Rohib yahudiylardan ehtiyot boʻlish kerakligi haqida ogohlantirdi. Chunki agar ular boʻlajak paygʻambarning oyogʻi yerga qadam qoʻyganligini bilsalar, uni oʻldirishga harakat qiladilar. Abu Tolib jiyanini Makkaga qaytarib yubordi…

Oradan bir necha yil oК»tdi. Va Muhammad (s.a.v) yigirma besh yoshli yigitga aylandi. Makkada Xadicha ismli boy beva ayol yashar edi. Uning savdosi shunchalar muvaffaqiyatli ediki, hatto butun boshli karvonni ham molga toК»ldira olardi. Bir kuni Xadicha Roziallohu anxu В«halol MuhammadВ» deb nom taratgan yosh yigit haqida eshitib qoldi va karvonini kuzatib borish uchun uni yollashga qaror qiladi.

Xadicha Roziallohu anxu juda toК»gК»ri tanlov qilgan edi, chunki Muhammad (s.a.v) insofli odam va yaxshi savdogar edi. Bir oz vaqt oК»tgach, garchi Muhammad (s.a.v) dan 15В yosh katta boК»lsa-da, ular Xadicha Roziallohu anxoning taklifi bilan turmush qurdilar. Xadicha Roziallohu anxu uni jasorati va halolligi, mehribonligi va sof axloqi uchun tanlagan edi. Bir muncha vaqt oК»tgach, ular bolali boК»ldilar. Muhammad (s.a.v) Xadicha Roziallohu anxu bilan Makkada baxtli va totuv hayot kechirar edilar.

Yillar oʻtib, donishmand Muhammad (s.a.v) Al-Amin oʻz shahri aholisi olib borayotganturmush tarzi haqida tobora koʻproq oʻylay boshladi. Garchi uning ajoyib oilasi va u baxtli hayoti boʻlsa-da, unga javobi topilmas savollar tinchlik bermas edi. Boʻlajak paygʻambar shaharning shovqinidan tez-tez An-Nur togʻida joylashgan sokin gʻorga ketib qolar edi. Bu yerda, Hiro gʻorida, Muhammad (s.a.v) odatda yolgʻiz qolib, sukunatda oʻyga choʻmar edi. «Hayot bunchalar qiziq boʻlmasa», deb oʻylardi u. – Avval men kambagʻal bir yetim edim, hozir esa boy insonga aylandim. Mening ajoyib xotinim va farzandlarim bor, men ularni juda yaxshi koʻraman. Lekin butunlay baxtli boʻlishim uchun nimadir yetishmayapti».

Allohning boК»lajak paygК»ambari, albatta, unga aynan nima tinchlik bermayotganligini tushunar edi. Uzoq vaqt davomida uni Makkadagi vaziyat tashvishga solar edi: kambagК»allar bu yerda juda nochor edilar. Makkaliklar yetimlarga gК»amxoК»rlik qilmas va bemorlarni ziyorat qilmas edilar. Makkaning aholisi faqat pulga qiziqar edi goК»yo. Va ularning pullari qanchalik koК»p boК»lsa, ular shunchalik koК»proq pul toК»plashni istashar edi! Va eng dahshatlisi, bu odamlar buyuk bobokalonlarimiz, Ibrohim (a.s) paygК»ambar va Ismoil (a.s) paygК»ambar e`tiqod qilishga chaqirgan yagona Xudoga sajda qilishdan voz kechib, butlarga sigК»ina boshladilar. Ular butlar ularni Allohga yaqinlashtirishga yordam beradi, deb oК»ylar edilar. Xolbuki, butlar na harakat qilar va na gapira olardilar. Ularning butlari umuman hech narsa qila olmasdi.








Bunday fikrlar Muhammad (s.a.v) ni uzoq vaqtdan beri bezovta qilib yurar edi. UВ koК»p vaqtini gК»orda oК»tkazardi. KoК»p oК»tmay, boК»lajak paygК»ambar tushida koК»rgan voqealari haqiqiy hayotda amalga osha boshlaganini sezdi.

Shunday qilib, Alloh birinchi marta unga Vahiy yuborgan vaqt ham yetib keldi. Bu Ramazon deb nomlangan oyda sodir boК»ldi. Bu payt Muhammad (s.a.v) qirq yoshdaВ edi.

Bir kuni, odatdagidek, uВ Hiro gК»orida oК»yga choК»mib oК»tirganida, uning yonida toК»satdan Farishta Jabroil paydo boК»ldi.

– Oʻqi! – deb buyurdi Muhammad (s.a.v) ga farishta.

– Men oʻqishni bilmayman, – dedi u.

Keyin farishta Jabroil uni qattiq siqdi. SoК»ng Muhammad (s.a.v) ni qoК»yib yuborib, yana buyurdi:

– Oʻqi!

Va boК»lajak paygК»ambar yana javob berdi:

– Qanday oʻqishni bilmayman.

Farishta uni yanada qattiqroq siqib, buyurdi:

– Oʻqi!

Muhammad (s.a.v) uchinchi marta oК»qishni bilmasligini aytdi. Keyin Jabroil uni yana qattiq siqdi, uВ bunga arang dosh berdi. Keyin farishta Muhammad (s.a.v) ni qoК»yib yubordi va dedi:

– Seni yaratgan Robbing nomi bilan oʻqi. U insonni qon lahtasidan yaratdi. Oʻqi! Sening Robbingiz eng saxovatli. U qalam bilan insonga (yozishni) oʻrgatdi. U inson ilgari bilmagan hamma narsani oʻrgatdi…

Dastlab, Muhammad (s.a.v) juda xavotirga tushdi, chunki bu hodisadan oldin uВ hech qachon farishtalarni koК»rmasdi. Uyga qaytgach, Muhammad (s.a.v) xotini Xadicha Roziallohu anxuga boК»lgan voqeani aytib berdi. UВ shunchalar qoК»rqib ketgan ediki, hatto isitmalagan kabi titrardi. Muhammad (s.a.v) isinib olish uchun Xadicha Roziallohu anxu dan uni issiq koК»rpa bilan oК»rab qoК»yishini soК»radi. Va oК»zining tashvishlari va havotirlarini uВ bilan oК»rtoqlashdi.

«Alloh seni hech qachon tark etmaydi, chunki sen hammaga birdek mehribonsan! – deb Xadicha Roziallohu anxu unga taskin berdi. – Sen qarindoshlar haqida qaygʻurasan, zaiflarga taskin berasan, oʻzingdagi borini muhtojlar bilan baham koʻrasan, mehmonlarni toʻydirasan. Sen odamlarga taqdir bitgan qiyinchiliklarga dosh berishda yordam berasan.

Muhammad (s.a.v), uning ayoli oʻzi kabi Allohga ishonishidan juda xursand edi. U isinib, tinchlandi. Bundan tashqari, boʻlajak paygʻambar farishta uning koʻplab qiziqarli savollarga javob bera olishini anglay boshladi…

Bir kuni Farishta Muhammad (s.a.v) ning oldida yana paydo boК»lib, unga bugundan boshlab odamlarni bitta Allohga sajda qilishga undashi kerakligini aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oК»z yaqinlariga Alloh insonni va hayot uchun zarur boК»lgan hamma narsani yaratgan Zot ekanligini, shuning uchun odamlar Yaratgandan minnatdor boК»lishlari kerakligini, ular faqat Allohga ibodat qilishlari va faqat unga itoat qilishlari kerakligini tushuntira boshladi. UВ kambagК»allarga va kasallarga gК»amxoК»rlik qilishimizni, yaxshilik qilish va halol hayot kechirish uchun kurashishimizni buyuradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oilasiga, bir kishi oК»lganida, faqat uning yerdagi hayoti tugashini, undan keyin yana bir goК»zal va abadiy hayot boshlanishini aytib beradi. Va bu yangi hayotda biz barcha yaxshi amallarimiz uchun munosib mukofot olamiz, qasddan yomonlik qilganlar adolatli jazolanadilar. Agar ular yomon amallari uchun chin dildan tavba qilsalar va Allohdan kechirim soК»rasalar, jazodan omon qolishlari mumkin.

Muhammad (s.a.v) nima uchun Makka ahli ochkoК»z va kambagК»allarga yomon munosabatda boК»lishlari haqida tez -tez oК»ylar edi. Endi buning haqiqiy sababini bilar edi: bu odamlar Allohga itoat qilmas edilar. Ular inson va dunyomizdagi hamma narsalarni Rabbimiz yaratganligini, har bir inson Rabbisining buyruqlarini bajarishi kerakligini unutdilar.

Asta-sekin PaygК»ambar (a.s) Alloh haqida oК»z doК»stlariga gapira boshladi. Dastlab, faqat bir necha kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlariga quloq soldi. Ehtimol, qolganlari pul topish bilan juda band edilar. Ehtimol, ular Xudo haqida umuman oК»ylashni xohlamadilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning soК»zlariga ishonganlarning biri uning doК»sti Abu Bakr hamda Muhammad (s.a.v) ning amakivachchasi, uning uyida yashagan Ali ibn Abu TolibВ edi.

Shu bilan birga, Jabroil Muhammad (s.a.v) ning yoniga kelishda davom etdi. UВ yangi vahiylarni keltirar edi. Farishta unga paygК»ambar etib saylanganini va uning vazifasi odamlarni yaxshi ishlar qilishga va Allohga sajda qilishga chaqirish ekanligini tushuntirarВ edi.

Keyinchalik Paygʻambar Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xalqqa ochiq va’z qila boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga Yaratguvchining oldidagi vazifalari haqida gapirib berar edi.

U odamlarning qalbida yoʻl topishga umid qilib eng chiroyli va ta`sirli soʻzlarni tanlar edi. «Agar sizda yetarli oziq – ovqat boʻlsa va sizning yoningizda och odamlar yashasa,» – derdi

Rasululloh, siz ularga oziq-ovqatingizning bir qismini berishingiz kerak, shunda ular ochlikni qondira oladi va kiyimlaringizdan ma`lum qismini berishingiz kerak, shunda ular oК»z badanlarini bekita oladilar. Bemorlarni parvarish qilish va yetimlarga gК»amxoК»rlik qilish kerak. Agar Alloh amr qilganidek qilsangiz, mukofotlanasiz. Ammo agar siz buni rad qilsangiz, siz juda qattiq jazolanasizВ», deb ogohlantirar edi Muhammad (s.a.v).

Afsuski, makkaliklarning aksariyati paygʻambar (a.s) ning soʻzlari va chaqiriqlariga kulib qoʻya qoldilar. Bundan ham yomoni, ular Allohga ishonishdan bosh tortdilar va pulni juda muhim narsa deb hisobladilar. Iymonsizlar Paygʻambar (s.a.v) ning ustidan ochiq kulib, uni shoir, yolgʻonchi va hatto sehrgar deb atadilar. Ularning eng johillari esa Xudoga ishongan va paygʻambar Muhammad (s.a.v) ning ortidan ergashgan bir necha odamni ta`qib qilib, oʻldirdilar. Makkaning aholisi paygʻambarimiz (s.a.v) dan tobora koʻproq nafratlanib borishardi. Oxir-oqibat, ular uni oila a’zolari, qarindoshlari va birinchi musulmon boʻlganlar bilan birga shahardan quvib chiqarishga qaror qilishdi. Johil iymonsizlar ularni Makka yaqinidagi togʻlarda joylashgan choʻlga haydab soldilar va ularga hech kimning oziq- ovqat olib kelishiga yoʻl qoʻymadilar. Ular hatto musulmonlar bilan savdo qilishni, ularga yordam berishni, musulmon ayollarga uylanishni hamda qizlarini xotinlikka berishni va hatto ular bilan gaplashishni taqiqlovchi farmon chiqardilar. Ushbu farmon, shuningdek, Muhammad (s.a.v) ni butparastlarga berishga rozi boʻlmagan Muhammad (s.a.v) qabilasining a’zolariga ham tegishli edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, uning izdoshlari va koʻplab qarindoshlari deyarli uch yil davomida kimsasiz bu choʻl-u biyobonda qolishga majbur boʻldilar. Surgundagilar kechasi sovuqdan, kunduzi esa ochlikdan azob chekishdi. Ular choʻlda yashab, tez-tez oʻzlari uchun oziq-ovqat topa olmaganlari sababli, hatto daraxt barglarini ham iste’mol qilishga majbur boʻldilar. Ammo bir nechta sahovatpesha insonlar ham bor edi-ki, ular iloji boricha yashirincha yordam berishga harakat qilishgan.

Birinchi musulmonlarning hayoti juda qiyin edi. Lekin PaygК»ambarimiz (s.a.v) oК»zi hammadan koК»p qiynalar edi. Muhammad (s.a.v) Al-Amin paygК»ambarga aylanganidan beri oК»n yil vaqt oК»tdi va birinchi musulmonlar qaygК»u yili deb nomlangan yil keldi. Dastlab, PaygК»ambarimiz (s.a.v) ning sevimli amakisi Abu Tolib vafot etdi va undan keyin esa PaygК»ambarimiz (s.a.v) ning ayollari Xadicha vafot etdilar (uch yillik sarsonlik uning sogК»ligК»iga jiddiy putur yetkazdi).

Bu voqealar Muhammad (s.a.v) ni juda chuqur qaygК»uga soldi. Lekin rahmdil Alloh unga tasalli soК»zlar bilan farishta Jabroilni yubordi. Farishta PaygК»ambar sollallohu alayhi va sallamga musulmonlarning hayotini osonlashtirmoqchi ekanini tushuntirib berdi. Shuning uchun oК»zining elchisiga izdoshlari bilan Makkadan Madinaga koК»chib oК»tishni buyuradi. Bu shahar aholisi Allohning soК»zlariga itoat qilishni va islom paygК»ambari ularning shaharlariga kelishini sabrsizlik bilan kutar edilar.

Nihoyat Muhammad (s.a.v) esa oК»z izdoshlariga Madinaga koК»chib oК»tishga buyruq berdi. Allohga ishongan va faqat unga ibodat qilgan har bir kishi Makkadan chiqib keta boshladi. Shaharda faqat bir nechta musulmon va PaygК»ambar (s.a.v) qolganВ edi.

Makkaning iymonsiz aholisi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nafratini sochar edilar, chunki Paygʻambarimiz (s.a.v) ularga yomon ishlarini yodga solar edilar. Bir kuni ular Majlislar uyida toʻplanib, butun shahar uxlab yotganida uni oʻldirishga kelishib oldilar. Alloh Muhammad (s.a.v) ga farishta Jabroilni ogohlantirish uchun yubordi va bu kecha Makkani tark etishni buyurdi. Endi Rasululloh (s.a.v) uning dushmanlari unit a`qib qilayotganini va hech qachon shaharni tark etishiga ruxsat berishmasligini bilar edi. U, albatta, Allohning buyrugʻiga itoat etdi. Dastlab Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakrning uyiga borib, unga: «Alloh bizga Makkani tark etishni buyurdi», dedi. «Birgalikdami?» – deb soʻradi Abu Bakr. «Ha, birgalikda», – deb javob berdi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam. Shundan soʻng Abu Bakr quvonchidan yigʻlab yubordi. U buyuk safarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga boʻla olishidan xursand edi. Va u shunday dedi: «Ey, Allohning elchisi! Men ikkalamiz uchun ikkita tuya tayyorladim». Kechqurun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alini oʻz yotogʻiga yotqizdi, shunda dushmanlar Paygʻambar (s.a.v) uxlab yotibdi deb oʻylashar edi.

Zulmat tushganidan soʻng, Quraysh qabilasining yosh jangchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uyi atrofida toʻplanib, uning chiqishlarini kutib turishdi. Ular uyda uxlab yotgan odamni koʻrdilar va bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanligiga toʻliq ishonishdi… Biroz vaqt oʻtgach, Muhammad (s.a.v) uydan chiqdi. Shu payt Alloh barcha askarlarni koʻz nuridan mahrum qildi va ular Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularning yonidan qanday oʻtib ketganini koʻrmay qoldilar. Bundan tashqari, Paygʻambar (s.a.v) ning bir hovuch changni olib, ularning boshlari uzra sepib, Qur’ondan oyatlarni oʻqiganini sezmadilar.

Butun kecha davomida jangchilar PaygК»ambar (s.a.v) ni oК»z uyida poylab turishdi. Ammo ertalab Muhammad (s.a.v) ning oК»rniga Ali uydan chiqib keldi. Shu paytda ular gК»azab otiga mindilar, chunki ularning rejasi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Ular Alini ushladilar, lekin uВ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haqida hech narsa demadi va tez orada yosh yigitni qoК»yib yuborishga majbur boК»ldilar.

Bu paytda esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yashirincha Abu Bakrning yoniga keldilar va ular birgalikda yoʻlga tushdilar. Ular shaharni tark etgach, Paygʻambar (s.a.v) atrofga qaradilar va dedilar: «Allohning mulkida boʻlgan hamma makonlar ichida sen uning uchun ham, men uchun ham eng qadrli joysan, agar mening xalqim meni quvgʻin qilmaganida edi, men seni hech qachon tark etmasdim» (ya’ni, Makka shahri).

Qurayshiylar Abu Bakr va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shaharni tark etishganini bilishgach, ular darhol hamma joydan ularni qidira boshladilar. Nihoyat, ular qochoqlar bekingan gК»orga yetib kelishdi. Shundan soК»ng ajoyib hodisa yuz berdi. GК»orning kiraverishida oК»rgimchak toК»r toК»qib, tortdi, bir juft kaptar esa uyni qurdi. Makkaliklar gК»orning ogК»zida toК»xtaganlarida, ularni qochoqlardan faqat oК»rgimchak toК»ri ajratib turar edi. Abu Bakr qoК»rqib, PaygК»ambar (s.a.v) ga pichirladi: В«Ular juda yaqin. Agar ulardan biri biz tomonga qarasa, darhol bizni koК»rib qolishadiВ». Ammo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni tinchlantirib shunday dedi: В«Agar ular bilan Alloh boК»lsa, bu ikkita bandaga nima boК»lishi mumkin?В».








Makkaliklar gК»orning ichkarisini qidirib oК»tirmadilar, chunki uВ yerga hech kim kirmagan deb hisobladilar, aks holda oК»rgimchak toК»ri uzilgan, kaptar esa un qurmasdi.

Uch kundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr gʻorni tark etishga qaror qildilar. Abu Bakr bir vaqtlar qullikdan sotib olgan Amir ismli bir kishi ikkita tuya va yoʻl boshlovchini olib keldi, u Madinagacha yetib olishlariga yordam berish kerak edi. Alloh butun yoʻl davomida qochoqlarni qoʻllab bordi, shuning uchun yovuz ta’qibchilar ularni ushlay olmadilar. Islom Paygʻambari (s.a.v) va uning sodiq doʻsti Abu Bakr Madinaga yetib borishdi.

PaygК»ambar (s.a.v) ning birinchi musulmonlar bilan Makkadan Madinaga koК»chirilishi Hijrat deb ataladi. Bu butun dunyo boК»ylab Islomni tarqatish yoК»lidagi birinchi qadam edi. Musulmonlar hijrat yilidan boshlab oК»z hijriy yil hisobini boshladilar.

Madinada hamma narsa Makkadagidan butunlay boshqacha edi. Payg’ambar Muhammad (s.a.v) ko’plab do’stlari orttiradi. Ular dushmanlari sonidan bir necha barobar ko’proq edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh Madina aholisi va Makkaning ko’chmanchilariga birodar bo’lishni hamda bir-birlarini birodarlarcha sevishi lozimligini buyurganini e’lon qildi. Madinagi musulmonlar- ansorlar – o`zlarida mavjud mulklarining yarmini yangi birodarlari —makkalik muhojirlarga in`om qildilar. Ammo Makkaning aholisi bu yerda ham Payg’ambar (a.s) ni tinch qo`ymadilar. Ular musulmonlarga qarshi urush olib borish uchun Madinaga bir necha bor kelishdi. Biroq, Alloh har doim o`z Payg’ambari (a.s) ni va birinchi musulmonlarni qo’llab-quvvatladi hamda ularga dushmanlarni yengishga yordam berdi.

Madinada Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohdan vahiy olishni davom ettirdi. Vahiy unga har doim Farishta Jabroil tomonidan keltirilar edi. Bu vahiylar Qur’on deb nomlangan Allohning kitobida bitildi. Ushbu ajoyib kitobda, Alloh odamlarga xabar berishni xohlagan hamma narsani ko`rishimiz mumkin.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinada har kuniga besh mahal ibodat qilinagan masjid qurdirdi. Yiliga bir marta ular bir oy ro’za tutar edilar. Bu oy mobaynida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamda uning izdoshlari tongdan to quyosh botgunga qadar hech narsa yemas va ichmas edilar. Ular buni faqat Alloh yo`lida qilar edilar, chunki Alloh ularga shunday qilishni buyurdi. Payg’ambar sollallohu alayhi va sallamning izdoshlari kamtar yashashga, kam ovqat yeyishga o’rgandilar. Shuning uchun ularda ko`p oziq-ovqat ortib qolar, bu mahsulotlarni kambag’allar bilan baham ko`rar edilar. Musulmonlar, shuningdek, kambag’allarga pullarining bir qismini ham berar edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamda uning izdoshlari faqat Allohga ishonar, faqat ungagina ibodat qilar edilar. Har doim Uning amriga bo`ysundilar. Aynan shuning uchun, aziz bolalar, Alloh ularni musulmonlar deb atadi. Axir, musulmonlar —bu Allohga ishonadiganlar va faqat unga ibodat qiladiganlardir. Ular o’z nafslarini irodasiga to’liq bo’ysundiradilar va har qanday holatda Qur’onning so`zlariga va payg’ambar Muhammad (s.a.v) ning ko’rsatmalariga amal qiladilar.

…Oradan ancha vaqt o’tdi va iymonsiz arablar Allohning qo`llashi tufayliIslom payg’ambari (a.s) ularga qaraganda kuchliroq ekanligini tushuna boshladilar. Shuning uchun, ular Payg`ambar (a.s) bilan jang qilishni to’xtatishga qaror qildilar. Bu dunyoda Allohdan buyukroq hech kim va hech narsa yo’qligini biz bilamiz! «Biz Muhammad (s.a.v) ni yengishga qodir emasmiz, chunki Alloh unga madad beryapti, – der edi kofirlar o`zaro suhbatlashganda, – Allohga va uning Rasuliga (a.s) iymon keltirishimiz hamda faqat bitta Allohga ibodat qilishimiz kerak».

Farishta Jabroil payg’ambar Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldida birinchi marta paydo bo’lganidan beri yigirma yil o’tdi. Uzoq davom etgan urushlar va dushmanlik to’xtadi. Payg’ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshchiligidagi musulmonlar Makkaga qaytib kelishdi. Ular endi shaharni qamal qilishlari va aholini jangga chaqirishlari shart emas edi. Makkaliklar shahar darvozalarini o`zlari ochib berdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va musulmonlar ko’pchilik Allohga ishona boshlaganidan xursand bo’ldilar. U va’dasini bajardi va musulmonlarga yordam berdi. Ular nihoyat o’z yurtiga qaytib kelishdi. Makkaga kirib, musulmonlar birgalikda ibodat qildilar. Ulardan ba’zilari shu yerda qolishdi, allaqachon Madinada o`rnashishga muvaffaq bo’lganlar qaytib ketishdi.

Ammo bundan keyin Madina musulmonlari yiliga bir marta Makkaga haj ziyoratini amalga oshiradigan bo`ldilar, chunki u yerda Ka’ba bor edi.

Ka’ba kubga o’xshash, derazalarsiz katta tosh uydir («Ka’ba» – «kub» degan ma’noni anglatadi). Uni Muhammad (s.a.v) dan ancha avval yashagan payg`ambarlar Ibrohim (a.s) va uning o’g’li Ismoil (a.s) bunyod etganlar. Har safar Ka’baga qaraganimizda qanday inson bo`lishimiz kerakligi haqida Allohning kalomini eslaymiz. Biz esa, aziz bolajonlar, ALLOHGA ISHONISHIMIZ, FAQAT UNGA IBODAT QILISHIMIZ VA HAR DOIM YAXSHILIK QILISHGA HARAKAT QILISHIMIZ LOZIM.

Allohning bu buyrug`i sayyoramizning barcha odamlariga tegishli. Alloh odamlarga ko’p payg’ambarlarni yubordi. Ularning har biri o’z xalqiga Allohning kalomini yetkazdi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam Allohning so`nggi rasuli edi. U bizga Qur’onni olib keldi, unda Robbimiz olamlarning kalomi qayd etildi. Bu Kalom, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Alloh tomonidan in`om qilingan eng buyuk mo`jizasi edi.

Qur’onda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ancha oldin yashagan boshqa payg’ambarlar haqida ko’plab hikoyalar mavjud. Ulardan ba’zilarini ushbu kitobda topasiz.




ALLOH VA QUR`ON


Mening o`quvchilarim! Muqaddas Qur’oni Karimda Allohning kalomi yozilganligi, u Farishta Jabroil tomonidan Payg’ambar








Muhammad (s.a.v) ga nozil qilinganligi yodingizda bo`lsa kerak. Unda bizga va Yer degan go`zal nom bilan ataluvchi sayyoramizda yashaydigan barcha odamlarga Buyuk Alloh tushuntirib bergan hamma narsani o’qiy olishimiz mumkin.

Qur’oni Karimda payg’ambarlar haqida juda ko’p qiziqarli hikoyalar mavjud. Siz, albatta, nega payg’ambarlar ko’p bo`lgan deb mendan so`rashingiz mumkin. Alloh ularni faqat Ungagina ibodat qilish va yaxshilik qilish kerakligini eslatib turish uchun turli vaqtlarda odamlarga jo’natdi.

Bundan tashqari, Qur’oni Karimda biz ishonadigan hamma narsalar, shuningdek, nimani qanday qilishimiz kerakligi haqida yozilgan. Agar Qur’oni Karimda yozilgan narsalarni tushunsak, va uning barcha ko’rsatmalarini bajarsak, biz haqiqiy va baxtli musulmonlar bo’lamiz.

Alloh haqida bilgan hamma narsamiz bizga Alloh tomonidan aytilgan. Buning uchun u payg’ambarlarga farishta Jabroilni yuborgan. Aynan shu farishta Allohning kalomini Muhammad (s.a.v) ga yetkazgan. Rasululloh (s.a.v) esa boshqa odamlarga Bilguvchi Allohning so’zlari va ko’rsatmalari haqida gapirib berdi. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v) o’zining sodiq do’stlari va hamfikrlari Yaratuvchimizning har bir so’zlarini yozib olishlariga ishonch hosil qildi.

Shuning uchun, Buyuk Allohning marhamati va Rasululloh (s.a.v) ning sabr-toqat, sa’y-harakatlari tufayli bizning qo`limizda Qur’on bor.

Alloh yagona ilohdir. Musulmonlar, Allohdan boshqa hech qanday Iloh yo’qligini ta’kidlaydilar. Bu esa faqat Allohgina odamlarni, yerni, oy, Quyoshni va yulduzlarni, butun koinotni yaratishi mumkin, degan ma’noni anglatadi. U yagona Yaratuvchi. Shuning uchun biz faqat unga ibodat qilishimiz mumkin!

Mening aqlli bolalarim! Siz, albatta, bilasizki, Yer yuzida mavjud bo’lgan narsalarning ko’pchiligi o’z qo’llaringiz bilan qilishingiz yoki mustaqil ravishda o’stirishingiz mumkin. Masalan, agar siz tuproqqa urug’lar ekib, bir necha oy kutib tursangiz – bir muncha vaqt o’tgach ulardan hosil beradigan o’simliklar o’sib chiqadi. Yerga urug’larni ekish oson ish emas. Biroq, o’quvchilarim o’zingizga bir muhim savolni berishingiz kerak: tuproq qayerdan kelib chiqdi, bu urug’lar qaerdan paydo bo’ldi? Urug’larni boshqa o’simliklardan olish mumkin, deb aytishingiz mumkin – va siz haq bo`lasiz. Lekin o’ylab ko’ring, axir boshqa o’simliklarning o’sish uchun ham yer kerak! Xo’sh, u qayerda paydo bo’ldi?

Yer qum, minerallar, boshqa modda tuzlarining eng kichik zarralaridan iborat. Unda qum va barcha moddalar qayerdan paydo bo`lgan?

Unib-o`sishi uchun daraxtlar ham suvga muhtoj. Suvchi? U qayerdan paydo bo`ldi? Quyosh nuri qanday paydo bo`lgan? O’simliklar qanday o’sayotganini kuzatib borishimiz uchun bizga kunlar va tunlar kerak bo’ladi. Ammo har bir gul, buta va daraxt ma`lum bir vaqtda eklishi kerak, shunda ular yaxshi o`sadi va nobud bo`lmaydi. Ayrim o’simlik issiqlikni, boshqasi sovuqni yaxshi ko’radi. Yer yuzida juda ko’p turli xil o’simliklar mavjud!

Yuqorida aytganimdek, yerga urug’ ekish qiyin emas. Biroq, hech kim ularni o’sishi uchun barcha sharoitlarni qilib bera olmaydi. Hech kim yerni, havoni, nurni va suvni yaratishga, kunni kech bilan almashtirishga qodir emas.

Xuddi shu holatni o’simliklardan boshqa narsalarda ham ko`rishimiz mumkin. Misol uchun, bir kishi uy qurishni biladi. Buning uchun u g’ishtlarga muhtoj. G’ishtlar esa biz yarata olmaydigan loydan, ohakdan, qumdan va suvdan tayyorlanadi. Yoki bir kishi avtomobil va samolyotlar qurmoqchi. Lekin buning uchun, boshqa narsalar qatorida, kauchuk va temir kerak. Bu narsalarni ham Allohning yordamisiz yaratolmaydi. Temirni ba’zi toshlar tarkibida topish mumkin. Agar bu toshlar qizdirilsa, temir suyuqlikka aylanadi va sizib chiqadi. Kauchuk daraxtlarning ayrim turlarida uchraydi. Agar siz bunday daraxtning qobig’ini kessangiz, suyuq kauchuk oqadi. Ammo bularning barchasi inson qo’li bilan yaratilishi mumkin emas. Biror kishi o’zi uchun foydali narsalar qilganda, u tabiatda mavjud bo’lgan materiallardan foydalanadi. Butun aqli, qobiliyati, iqtidoriga qaramay, inson ularni yaratishga qodir emas. Agar bu narsalar bo’lmasa, u na mashina, na samolyot, na boshqa narsalarni yarata olmaydi.

Inson o’z ehtiyojlari uchun foydalanadigan hamma narsa Alloh tomonidan yaratilgan. U bizga kerak bo’lgan hamma narsani berdi.

Buning natijasida odamlar uy qurishlari, ekinlar yetishtirishlari va hayvonlarni ko`paytirishlari; oziq-ovqat ishlab chiqarish, kiyim-kechak tayyorlash va kompyuterlarni yaratishlari mumkin.

Allohning marhamatisiz inson hech narsa qila olmaydi. O`zining mavjudligimiz uchun ham Allohga shukr aytishi lozim. U Yer, Quyoshni, havoni, suv va yana ko’plab narsalarni yaratdi. Bularning barchasi bo’lmasa, odamlar omon qololmas va Yer yuzida yashay olmasdilar. Yuqorida bilib oldingizki, bolajonlar, inson ham Alloh tomonidan yaratilgan. Uning marhamati bilan odamlar hali ham ushbu sayyorada yashab kelmoqdalar.

Mening aqllilarim, keling birgalikda aytilganlarni xulosalaymiz! Hamma narsa Allohdan va hamma narsani faqat U beriladi. Shuning uchun musulmonlar: «Allohdan boshqa iloh yo’q!», deydilar. Axir, Alloh yer yuzidagi hamma narsani yaratuvchisi. Bizning Yaratuvchimiz Qur’onda bizga hamma narsa yaxshilik va foyda keltirishi uchun nima qilish kerakligini tushuntirib berdilar. O’z so’zlarini boshqa odamlarga yetkazishi uchun u payg’ambarlarni yubordi. Va biz ularning so`zlariga ergashishga harakat qilishimiz kerak.

Inson Allohning qulidir. Bizning Buyuk Allohimiz odamlarni faqat unga sajda qilish uchun yaratdi. Shuning uchun biz doimo Alloh haqida o’ylashimiz va shukr qilishimiz kerak. Chunki u biz haqimizda qayg`uradi!




FOTIHA surasi


Bismillahir Rohmaanir Rohiym

В В В В Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman

1.В Alhamdulillahi robbil aalamiyn

В В В В Hamd olamlarning Robbi-Allohgadir

2. Ar-rohmanir rohiym

В В В В UВ Rohman va Rohiymdir

3. Maaliki yavmiddiyn

В В В В Jazo va mukofot kunining egasidir.

4. Iyyaaka na`budu va iyyaaka nasta`iyn

В В В В Faqat Sengagina ibodat qilamizВ va faqat Sendangina yordam so`raymiz.

5. Ihdinas-sirootol mustaqiym

В В В В Bizni to`gri yolga hidoyat qilgin

6. Sirootol-laziyna an`amta`alayhim

В В В В O`zing ne`mat berganlarning yo`liga

7. G`oyril mag`zubi alayhimvalazzolliyn

В В В В G`azabga qolganlarnikiga hamВ emasВ adashganlarnikiga hamВ emas






IXLOS surasi


Bismillahir Rohmaanir Rohiym

В В В В Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman

1. Qul huvallohuВ ahad

В В В В Ayt: В«UВ Alloh yagonadir

2. Allohus-somad

    Alloh —Somaddir

3. Lam yalid va lam yulad

В В В В UВ tug`magan va tug`ilmagan

4. Va lam yakullahu kufuvanВ ahad

В В В В Va Unga hech kim teng bo`lmagan






FARISHTALAR


Siz, albatta, ota – onangizdan Alloh bizdan tashqari jinlar va farishtalarni yaratganligini eshitgandirsiz. Shunday qilib, odamlar loydan, jinlardan olovdan, farishtalar esa nurdan yaratilgan. Farishtalar hech qachon Allohning amridan chiqmaydi. Va aynan shu bilan ular odamlar va jinlardan farq qiladi.

Farishta Jabroil Allohning so’zlarini payg’ambar Muhammad (s.a.v) ga yetkazdi va shuning uchun farishta Jabroilni xabar beruvchi farishta deb ataymiz. Bu haqda gapirib berganlarimni unutmaganmisiz, dono kichkintoylarim?

Musulmonlar farishtalar haqida Qur’oni Karimdan bilishadi. Har birimizga hamma yerda ikkita farishta hamroh bo’ladi. Bu farishtalar insonning barcha amallarini kitobga qayd qiladilar. Ular bizning yaxshi va yomon ishlarimizni yozib boradilar. Shuning uchun, biz ularni yozuvchi farishtalar deb ataymiz.

Farishtalar turli bo`ladilar. Masalan, odamlarning jonini oladigan farishta mavjud. Biz uni o’lim farishtasi deb ataymiz.

Biz farishtalarni ko’rmaymiz, chunki ular ko’zlarimiz uchun ko’rinmas moddalardan yaratilgan.








Biroq biz ularning mavjudligini bilamiz, chunki Alloh bu haqda bizga xabar berdi. Boshqa barcha yaratiqlar singari, farishtalar ham Alloh tomonidan yaratilgan. Ular faqat Ungagina bo’ysunadilar va uning amrini bajaradilar.

Biz quyosh chiqishi va botishi, osmon bo’ylab bulutlar harakati, yomg’ir yog`ishi, o’simliklarning o’sishi va boshqa ko’plab tabiat hodisalari Allohning irodasiga ko’ra sodir bo’lishini bilamiz. Hech narsa uning irodasisiz sodir bo’lishi mumkin emas. Alloh unga so’zsiz itoat qiladigan farishtalarni ham yaratdi. Ular Alloh irodasini bajaradilar, hamma narsa Alloh irodasiga monand sodir bo’lishini va unga muvofiq amalga oshishini ta’minlaydilar. Farishtalar Rabbimizning itoatkor xizmatkorlaridir.

Alloh inson unga itoat va ibodat qilishini, yaxshi amallar qilishini xohlaydi. Bizning Yaratuvchimiz unga ishonishimizni xohlaydi. Jabroil orqali Bilguvchi Parvardigorimiz Muhammad (s.a.v) ga qadar yashagan ko’plab payg’ambarlar bilan suhbatlashdi. Payg’ambarlar esa Alloh odamzotdan nimani kutayotganini unutmasliklari uchun odamlarga Allohning irodasini eslatib turdilar,. Bularning barchasi to`g`risida Qur’on va Payg’ambarimiz (a.s) ning haqqoniy hikoyalaridan bilib olishimiz mumkin.

Barcha payg’ambarlar ushbu so’zlar bilan odamzotga murojaat qildilar:



SIZ FAQAT ALLOHGA ISHONISHINGIZ KERAK!

YOLG’IZ UNGAGINA IBODAT QILING VA FAQAT

YAXSHILIK QILING!




ODAM ALAYHISSALOM


Barchangiz sirli hikoyalar va ajoyib sarguzashtlarni yaxshi ko’rsangiz kerak! Payg’ambarlarning hayoti esa juda qiziqarli va hayajonlidir. Ushbu hikoya bilan biz sayyoramizda yashagan eng ajoyib insonlar haqida bir qator hikoyalarni o’qishni boshlaymiz. Bu Allohning payg’ambarlari haqidagi hikoyalardir. Keling, ular bilan tanishaylik! Agar Allohning irodasi bo’lsa, siz ozingiz uchun yangi va ajoyib dunyoni kashf etasiz.

Odam (a.s) eng birinchi inson edi. Birinchi bo`lib Buyuk Parvardigor farishtalar va jinlarni yaratdi. Va ulardan keyin-ilk inson – Odam (a.s) ni yaratdi. Buyuk ijodkor o`z yaratig`iga ko’zlar, quloqlar, burun, qo’llar va oyoqlar ato etdi. Bizning tanamiz shakli Alloh tomonidan yaratilgan barcha boshqa jonzotlarning shakllaridan, masalan, hayvonlardan farq qiladi. Bolajonlar, inson Allohning eng buyuk yaratig`idir. Alloh insonni Yer yuzida yashashi va unga sajda qilishi uchun yaratdi.

Alloh Odam (a.s) ga ruh berdi va tiriltirdi. Dunyoning buyuk Robbisi yangi yaratiqqa hurmat belgisi sifatida farishtalar va Iblisga Odam (a.s) ga sajda qilishni buyurdi. Iblis —bu jin. Bundan tashqari, uni shayton ham deb ataydilar. U barcha jinlar orasida eng obro`lisi bo’lgan va farishtalar bilan birga Jannatda yashagan. Farishtalar Allohning amrini bajo keltirdilar, lekin Iblis itoatsizlik qildi va birinchi odamga sajda qilmadi. Shayton Odam (a.s) dan g’azablanib, undan nafratlanar edi. Iblis o`zini insondan yaxshiroq deb bilar, va Yaratganning sevgisiga va uning yaratiqlari hurmatiga o`zini hammadan ko’proq loyiq deb hisoblardi. Uning qalbiga rashk va hasad o`rnashdi.

Shunda Alloh itoatsiz shaytondan so’radi:

– O, Iblis! Nima uchun mening yaratig`imga sajda qilmading? Kibr seni ko`r qilibdi yoki sen o`zingni boshqalardan ustun deb o’yladingmi?

– Men undan yaxshiroqman! – takabburlik bilan javob berdi Iblis. – Axir sen meni olovdan, odamni esa oddiy loydan yaratding.

Shunda buyuk Robbimiz shaytonni o’z inoyatidan bebahra qildi.

– Jannatdan chiq! – dedi Alloh Iblisga.

– Mening Robbim! Qiyomat kunigacha meni jazolama! – deb shayton hitob qildi.

O`zining hasadgo’yligi va g’azabi tufayli Iblis Odam (a.s) ham Allohga itoatsizlik qilishini va iymondan chiqishini xohladi. Va darhol ayyor bir reja tuzdi.

– Men tayinlagan kunga qadar jazoingni kechiktiraman», deb javob berdi Buyuk Alloh.

Iblis Odam Atodan nafratlana boshladi. U Allohni insonni boshqa yaratiqlardan ustun qo’yganini hazm qila olmas edi. Shuning uchun, u Odam (a.s) ning dushmaniga aylandi va uni Allohning irodasiga qarshi borishga majburlashni niyat qildi.

Lekin Odam Ato, shaytondan farqli o’laroq, Allohning itoatkor quli edi. Odam (a.s), avvalo, uni yaratgani uchun Robbisiga hamd aytdi. Yaratgan uni o`ziga yaqinlashtirgani va boshqa yaratiqlardan ustun qilgani uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirdi. Va biz ham, mening azizlarim, birinchi odam Allohni sevganidek, Robbimizni chin dildan sevishimiz kerak. Odam (a.s) kabi, bizni yaratgani uchun qudrat sohibi Allohga hamd-sano aytishimiz lozim. Va, shuningdek, birinchi odam payg’ambar Odam Ato (a.s) ibodat va sajda qilganidek, Unga ibodat va sajda qilishimiz kerak.

Odam Ato Jannatda yashar, va bir oz o`zini yolg’iz his qilar edi. Shuning uchun mehribon Alloh uning uchun xotin yaratdi. Odam (a.s) uni ko’rgach, u juda hayron bo’lib qoldi va so’radi:

– Kimsan?

– Men ayolman, – dedi u…

Odam Ato unga uylandi va birinchi ayol uning yonida Jannatda yashay boshladi. Farishtalar uni birinchi marta ko’rgach, Odam (a.s) dan bu yangi yaratiqning nomi nima ekanini so’radilar. «Bu Havvo», deb javob berdi Odam Ato.

Jannat biz tasavvur qiladigan barcha joylarning eng chiroylisidir. Jannatda issiq, sovuq, charchoq, kasallik yo’q. Odam Ato va Momo Havvo u yerda hech qachon ochlik yoki tashnalikni sezmaganlar. Bu butun koinotdagi eng go’zal joydir. Hech qachon va hech qayerda bundanda go`zalroq go`sha bo`lmagan, bo`lmaydi ham.

Bir kuni Iblis odamning yoniga kelib, uni Allohga taqiqlagan daraxtlardan birining mevasini yeyishga ishontira boshladi. Iblis hatto ularga yaxshilik qilishni xohlayotganini aytib, Allohga qasam ichadi. Odam Ato Alloh unga bu daraxtga yaqinlashishni ma`n qilganini yaxshi eslar edi. Birinchi odam o`z Yaratuvchisini sevar va itoatsizlikdan qo’rqardi. Shuning uchun u ayyor Iblisning aldovlariga e’tibor bermadi. Biroq, shayton Odam (a.s) ni tinch qo`yishni istamasdi. U odam ham xatoga yo’l qo’yishini va u kabi do’zaxga tushishini xohladi. Yovuz jin Odam Atoni avrashda davom etdi, agar Odam (a.s) taqiqlangan daraxtning mevasini yeb ko’rsa, u farishtalar kabi abadiy yashay oladi.

Vaqt o’tishi bilan, Odam Ato Iblisning so’zlariga ishondi va ular Havvo bilan taqiqni buzdilar hamda taqiqlangan daraxtning mevasini tatib ko`rdilar. Biroq, tez orada ular Allohning amriga bo’ysunmagani va itoatsizlik qilganlariga pushaymon bo’ldilar. Odam Ato va Havva darhol Parvardigordan kechirim so’rashdi. Rahmdil Rabbimiz esa ularni kechirdi, chunki U karami keng zotdir. Shundan keyin Alloh Odam Ato va uning xotinini Yerga yubordi, ular yaxshi amallarni qilishlari hamda Alloh amrini bajarishlari kerak edi. Bundan tashqari, yerda ularga

Jannatda bo’lgani kabi, hamma narsa muhayyo emas edi, balki ular o`z mehnatlari bilan yegulik topishlari lozim edi. Ammo ular Allohga sodiqligini isbotlasalar, ularni Jannatga qaytarishga va’da berdi.

Va Alloh o’zining birinchi payg’ambari deb Odam Atoni tayinladi. Undan keyin Parvardigor dunyoga ko’plab boshqa payg’ambarlar va elchilarni yubordi. Ularning so’zlarini tinglaydigan va yaxshi amallar qilgan odamlar o’limidan keyin Jannatga tushadilar. Va ularning ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirib, yomon amallar qiladiganlar do’zaxga tushadilar.

Odam Ato va uning ayoli yerga tushishdi. Va hayot o’z navbatida davom eta boshladi. Alloh ulardan mamnun edi. Mehribon Robbimiz ular iste`mol qilishi mumkin bo’lgan rizq ato etdi va ularni yer yuzida yashashga o’rgatdi. Alloh Odam Atoni yaratganida, u sayyoramizda mavjud bo’lgan hamma bilimlarni unga ayon qilgi. Alloh Odam Atoga daraxt, temir, olovdan foydalanish va boshqa ko’plab narsalarni o’rgatdi.








Masalan, u tosh va yog’ochdan olov olish yoki pichoq yashash haqidagi bilimlarni ato qildi. Shu tariqa birinchi odamlar yer yuzida mehnat qila boshladilar, xuddi sizning ota-onangiz ishlagani kabi. Bu yerda Odam Ato va Havvo bolalari va ularning farzandlarini tarbiyaladilar. Shu tariqa, yer yuzida odamlar ko`paydi. Bir avlod boshqasiga almashdi. Alloh o`z payg’ambarlarini barcha avlodlarga jo’natar edi. Barcha payg’ambarlar odamlarga «Faqat bitta Xudoga ibodat qiling! U sizning iste`mol qilishingiz uchun o’simliklar va hayvonlarni yaratdi. Yaratgan eganga shukr qiling va doim ezgu amallarni qiling» deb nasihat qilar edi.




Nuh (a.s)


Odam ato va Havvo yer yuzida yashay boshlaganiga yuzlab yoki hatto minglab yillar o’tgach, ularning avlodlari yagona Allohga ibodat qilishlari kerakligini unutdilar. Ular vafot etgan solihlarni hurmat qila boshladilar va oxir-oqibat ularni o`z xudolariga aylantirdilar. Faqatgina Nuh ismli bir kishi va uning oilasi yagona Allohga sodiq qoldi. Va Robbimiz uni odamlarga payg’ambar va elchi qilib sayladi.

Nuh (a.s) o’z xalqiga quyidagilarni aytar edi:

– Allohga sajda qiling, undan qo’rqing va menga itoat qiling!

Lekin odamlar unga quloq solmadilar. Nuh ular Rabbiyga itoat qilmasalar, ularga yuborilajak dahshatli jazo haqida ogohlantirdi. Faqat bir nechta kambag’allar Nuhga ishondilar va unga qo’shildilar. Qolgan odamlar uning yuziga qarab kular edilar:

– Sen biz kabi oddiy insonsan… Sening yolg’onchi ekanligingni bilamiz! Agar mana bu kambag`allarni quvib solsang, ehtimol senga quloq solarmiz!

– Men sizdan hech qanday mukofot so’ramayman! – dedi ularga payg`ambar (a.s) – Men sizni mamnun qilish uchun kambag’allar va zaiflarni hamquvmayman.

– Agar sen haqiqatni so`zlayotgan bo`lsang, Allohning jazosini bizga ko’rsat, – deb masxara qildilar. – Qani bizga atalgan jazo?

– Agar xohlasa, Alloh sizni jazolaydi va bu jazoni bartaraf qilish qo`lingizdan kelmaydi», deb javob berdi. Lekin odamlar Nuh (a.s) ni tinglashni xohlamadilar. Ular uni aqldan ozgan deb atadilar, payg`ambar (a.s) esa ularni Allohga imon keltirishga chaqirishni davom etdi.

Shunday qilib, ko’p yillar o’tdi va boshqa hech kim Nuhga qo’shilmadi. Odamlar yomonlashgandan yomonlashib boraverishdi, ular tobora jiddiy gunohlar qilaverdilar. Keyin Nuh (a.s) ga Allohdan vahiy keldi: unga bu odamlar endi o`zgarmasligi, shuning uchun ular uchun qayg’urish kerak emasligi aytildi. Odamlar istagan narsasini qilsin, u esa katta kema qurishi kerak.

Nuh (a.s) katta kema qurishni boshladi va odamlar esa uni masxara qilishdi:

– Avval sen payg’ambar eding, endi duradgor bo’ldingmi?!

Yaqin atrofda dengiz bo’lmasa, nima uchun bunday katta kemani qurayotganini tushunmadilar. Ular bo`lajak jazo haqida eshitishni xohlamadilar.

Kema tayyor bo’lgach, kuchli va uzoq muddatli yomg’ir yog`a boshladi. Alloh Nuhga butun oilasini, imonlilarini va barcha hayvonlardan bir juftini kemada yig’ishni buyurdi.








Nuh (a.s) Alloh amrini bajardi va hitob qildi:

В«Bizni adolatsiz odamlardan qutqargan Allohga hamdu sanolar bo`lsin! Robbim, meni muborak joyga olib bor, o`zing joylashtirguvchilarning eng yaxshisisan!В»

Suv oqimlari osmondan quyilib, va yer qa`ridan toshib, vodiylar, qishloqlar, shaharlarni suv bosdi. Odamlar tog’larda qochishga harakat qilishdi, lekin suv ulardan-da balandroqqa ko’tarildi. Nuh (a.s) o’g’illaridan biri kemaga o’tirishdan bosh tortgan va tog’larga qarab qochayotgan edi. Nuh (a.s) uni ko’rib qoldi va qichqirdi:

– Ey o’g’lim, kemada sen uchun joy bor, najoddan bosh tortma!

– Men baland tog`da najot topaman! – javob berdi o`g`il.

– Faqat Allohga itoat etganlar panoh topadilar, – dedi Nuh (a.s).

Keyin katta to’lqin bu hududni qamrab oldi va Nuhning imonsiz o’g’li boshqa odamlar qatori subga g`arq bo`ldi. Nuh (a.s) ning kemasi esa to’lqinlar osha xavfsiz suzib ketdi.

Yomg’ir ko’p kunlar va tunlar yog`di. Barcha tog’lar, hatto eng baland cho’qqilar ham suv ostida qoldi. Lekin kunlarning birida yomg’ir to’xtadi. Suv asta-sekin pasayib, katta kema tog ' yonbag’riga chiqib qolgi. Yer quriganida, barcha odamlar va hayvonlar yerga tushdilar.

Nuh (a.s) chin yurakdan oilasi va do’stlarini qutqarib qolgan Allohga minnatdorchilik bildirdi.




PAYG`AMBARIMIZ IBROHIM (a.s)


Ibrohim buyuk payg`ambar (a.s) edi. U Fors (zamonaviy Eron) hududida joylashgan Bobil shahrida tug’ilgan. Bolaligidan Ibrohim (a.s) atrofida Allohga ibodat qilishni istamagan odamlar bo`lgan. O’sha paytda ko’pchilik odamlar Yaratganga emas, quyosh, oy, yulduzlar, hatto daraxtlar va o’simliklarga sig`inar edilar. Ibrohim (a.s) qabilasidan bo’lgan odamlar o’zlari yasagan tosh yoki yog’och, metalldan yasalgan butlarga sajda qilar edilar.

Bir kuni Ibrohim (a.s) otasining yoniga kelib: «Nahotki siz ham boshqalarga o`xshab, Allohning o`rniga butlarga sajda qilasiz?» – deb so’radi! Agar shunday bo’lsa, siz va xalqingiz katta xatoga yo`l qo`ydingiz!» Ibrohim (a.s) Odamlar butlarga yoki tabiat hodisalariga sajda qilganda, Alloh bundan darg`azab bo`lishini bilar edi.

Ibrohim (a.s) Allohning sodiq quli edi va uning xalqi ham to’g’ri yo’ldan yurishini istar edi. Ammo uning qabilasi o`z bilganidan qolmas, va payg`arbar (a.s) ning so`zlarini tinglamas edilar. Bu holat Ibrohim (a.s) ni tashvishga solar edi. Shundan so`ng buyuk Robbimiz Ibrohim qavmiga cheksiz muruvvat ko’rsatdi va payg’ambar (a.s) ga uning qabilasi nohaq ekanligini isbotlash yo`lini o`rgandi. Yaratgan Ibrohim (a.s) ga uchta alomat ko’rsatdi, agar odamlar Alloh kim ekanligi haqida u bilan bahslasha boshlasalar, Ibrphim (a.s) odamlarga bu alomatlar bilan javob berishi mumkin edi. Qur’onda bu haqda hikoya mavjud.

Bir kuni Ibrohim (a.s) Yaratgan haqida fikrlab o`tirganida, u tungi osmonga qarab va ulkan yulduzni ko’rib qoldi. «Bu yulduz bizning Robbimiz bo’lishi mumkinmi?!» – degan fikr o`tdi hayolidan… To’satdan yulduz o`chdi va Ibrohim (a.s) ishonch bilan shunday dedi: «Men hech qachon o`chmaydiganni sevaman!!!»

Vaqt o’tdi va osmonda ajoyib yorqin oy paydo bo’ldi. Va Ibrohim (a.s) o`ziga savol berdi: «Nahotki ularning barchasi bu mening Robbim deb o’ylayapti?«Bir muncha vaqt o’tgach, oy g’oyib bo’ldi va Ibrohim (a.s) dunyoni Yaratgan o’z xalqiga haqiqatni oshkor qilmasa, bu odamlar hech qachon to’g’ri yo’lni topa olmaydilar, deb o`yladi.

Ertasi kuni, Yer uzra porlab turgan quyosh ko’tarilganda, Ibrohim (a.s) o`z qavmiga: «Ehtimol, siz bu mening Robbim deb o’ylayotgandirsiz? -deya savol berdi. Bu men avval ko’rgan hamma narsaning eng ulug’voridir». Lekin quyosh ham g`oyib bo`ldi. Va kunning oxirida Ibrohim (a.s) o`z qavmiga: «Ey qavmim! Shubhasiz, men siz qilayotgan gunohga sherik emasman: men Allohga shirk keltirmayman. Men faqat Unga sajda qilaman. U osmon shohligini va yerni yaratgan Egamdir». Lekin uni yana rad qildilar…

Muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, Ibrohim (a.s) o’z xalqini to’g’ri yo’lga qaytarish fikridan voz kechmadi. Bir kuni u qabilasidan so’radi:

– Siz sajda qilayotgan bu haykallar nima?

– Ularga bizning ota-bobolarimiz sajda qilganlar – - deb javob berdilar.

– Siz va ota-bobolaringiz adashyapsizlar, – dedi Ibrohim (a.s). Keyin Ibrohim ularga Yaratganning g’azabini qo’zg’atmaslik uchun faqat bitta Xudoga sajda qilishlari kerakligini tushuntirdi. Va bir kun butlarni yo’q qilishi haqida qavmini ogohlantirdi…

Mana bayram ham keldi. Bu paytda, Ibrohim (a.s) qavmidan bo’lgan odamlar, odatda, shahar tashqarisida o’yinlar o`ynab, maroqli tarzda dam olishar edi. Ibrohim (a.s) hamma ketgunga qadar kutib turdi va eng katta butdan tashqari barcha butlarni mayda bo`laklarga sindirib tashladi.

Bir muncha vaqt o’tgach, odamlar qaytib kelib, xudolari deb hisoblagan butlarning qoldiqlarini topdilar. Bu ularni juda g’azablantirdi.

– Bizning xudolarimizni kim bu ko`yga soldi? – qichqirishdi ular.

Ulardan ba’zilari Ibrohim (a.s) ning butlarga sajda qilishni qoralagani va hatto ularni sindirib tashlash bilan tahdid qilganini darhol esladilar. Yosh yigitni butler sindirilgan joyga olib bordilar va so’radilar:

– Ibrohim, buni sen qildingmi?








Ibrohim (a.s) ularga javob berdi:

– Yo’q. Ehtimol, jinoyatchi ularning eng kattasidir. Agar u gapirishni bilsa va sizga hamma narsani aytib bera olsa, nima uchun undan so’ramaysiz?

Bu so’zlar bilan butparastlar uyatni his qildilar.

– Bizning xudolarimiz gapirishni bilmasligini bilasanku, – deyishdi ular bunga javoban.

– Shunday qilib, siz na yaxshilik va na zarar keltirmaydigan narsaga ibodat qilishni xohlaysizmi? – deb so`radi Ibrohim (a.s).




Конец ознакомительного фрагмента.


Текст предоставлен ООО «ЛитРес».

Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию (https://www.litres.ru/pages/biblio_book/?art=66361322) на ЛитРес.

Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.



Если текст книги отсутствует, перейдите по ссылке

Возможные причины отсутствия книги:
1. Книга снята с продаж по просьбе правообладателя
2. Книга ещё не поступила в продажу и пока недоступна для чтения

Навигация